Salixov Sherzod Abduhakimovich Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Sherzod Salixov 1982 yili Toshkent tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti – oliy. 2004 yili Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017 yili O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Sherzod Salixov mehnat faoliyatini Toshkent tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi shirkat xo`jaligida ishchi vazifasida boshlagan.
Shuningdek, faoliyati davomida u “Abduhakim baraka” fermer xo`jaligi rahbari, Zangiota tumani “Navoiy mirishkor” agrofirmasi rahbari, Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari singari mas`ul vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Sherzod Salixov Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.






