AsosiyJamiyat

Navoiyda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi (video)

'Navoiyda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyda rus tili va adabiyot o`qituvchisi o`quvchilarni kaltakladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Mazkur holat Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 2024 yilning 1 fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o`qituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o`quvchilari A.A. va Sh.B. larni kaltaklagan.

O`quvchilardan biri A.A va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o`qituvchi M.Sh.ga qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan o`quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o`tkazilishi tayinlangan. Yana bir bor ta`kidlaymiz, bolalarga nisbatan sodir etilgan hech bir zo`ravonlik holati javobsiz qolishi mumkin emas.

"Bolalar ombudsmani mazkur fakt yuzasidan bolaning qonuniy manfaatlarini ta`minlash yuzasidan o`z kuzatuvini qat`iy davom ettiradi. Bu borada qo`shimcha ma`lumot beriladi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar