AsosiyJamiyat

O`quv avtodromi va uni jihozlashga doir qoidalar belgilandi

'O`quv avtodromi va uni jihozlashga doir qoidalar belgilandi'ning rasmi

Avtomototransport vositalarida amaliy mashg`ulotlarni  va imtihonlarni o`tkazishga mo`ljallangan o`quv avtodromi (o`quv avtodromi) va uni jihozlashga doir qoidalar belgilandi.  Bu haqida Adliya vazirligi  xabar berdi.

️Adliya vazirligi tomonidan Avtomototransport vositalarida amaliy mashg`ulotlarni va imtihonlarni o`tkazishga mo`ljallangan o`quv avtodromiga qo`yiladigan talablar (ro`yxat raqami 3494, 01.02.2024 y.) davlat ro`yxatidan o`tkazildi.  

 Ushbu talablarda avtomototransport vositalarida amaliy mashg`ulotlarni  va imtihonlarni o`tkazishga mo`ljallangan o`quv avtodromi (o`quv avtodromi) va uni jihozlashga doir qoidalar belgilangan.

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug`ullanuvchi ta`lim tashkilotlari o`quv avtodromidan haydovchilikka nomzodlar bilan amaliy mashg`ulotlar va imtihonlarni o`tkazish uchun foydalanadi.

 Bundan tashqari, ushbu hujjatda o`quv avtodromiga nisbatan quyidagi talablar belgilangan:

  •   o`quv avtodromida o`lchami kamida 50x15 m bo`lgan maydoncha bo`lishi zarurligi;

 

  •  o`quv avtodromining yo`llari asfal yoki sement beton bilan qoplangan va suv to`planib qolishining oldini olish imkonini beradigan holatda bo`lishi kerakligi;

 

  •  o`quv avtodromining yo`llari svetofor, yo`l belgilari, yo`l chiziqlari, tik balandlikka ko`tarilish qurilmalari (estakada) bilan jihozlangan bo`lishi kerakligi;

 

  •  o`quv mashg`ulotlarini masofadan nazorat qilish, haydovchilikka nomzodlarning xato va kamchiliklarini tahlil qilish uchun o`quv avtodromi audio va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanishi lozimligi;

 

  •  o`quv avtodromi unga begona shaxslar va hayvonlar kirishining oldini olish maqsadida 2,0 metrdan kam bo`lmagan balandlikdagi devor yoki panjara (metall to`siq) bilan jihozlangan bo`lishi kerakligi;

 

  •  o`quv avtodromida haydovchilikka nomzodlar uchun qulay bo`lgan joyda quyidagi ma`lumotlar keltirilgan axborot stendi yoki elektron monitor o`rnatilishi;

 

  • o`quv avtodromiga kirish va chiqish yo`lining kengligi engil avtomobillar va mototransport vositalari uchun 3,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 4,0 metrdan kam bo`lmasligi kerakligi;

 

  • o`quv avtodromi hududida tungi yoritgichlar o`rnatilgan, bino  va inshootlar yong`in xavfsizligi talablariga mos, shuningdek ichimlik suvi va hojatxona bo`lishi kerakligi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar