Mazkur preparatlar O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik ko`magi sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining 2024 yildagi uchinchi partiyasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berdi.
Jami 6720 donadan iborat mazkur preparatlar O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yili Misr tomoni mamlakatimizga umumiy qiymati 696 ming AQSh dollarilik "Daklatasvir", "Sofosbuvir" hamda "Entekavir" dori vositalarini taqdim etgan edi. Bu ezgu an`nana 2025 yilga qadar davom etishi belgilangan.






