AsosiyJamiyat

Xorazmda tabiatga 618 mln zarar etkazgan fermer javobgarlikka tortildi

'Xorazmda tabiatga 618 mln zarar etkazgan fermer javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Xorazm viloyatida 81 tup daraxt kesgan fermer xo`jaligi rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Gurlan tumanida joylashgan "X.O." fermer xo`jaligi boshlig`i N.X. tomonidan 81 tup tabiiy holda o`suvchi, biologik sog`lom turong`il daraxtlar kesib tashlagan. Ushbu holat ortidan tabiatga 618,1 mln so`m zarar etkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan "X.O." fermer xo`jaligi rahbari N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan fuqarolar javobgarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlariga jalb etilishi yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jo`natilishi yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklanishi va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar