Yangi Angren IESda mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan tekshirish davomida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me`yorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chang gaz tozalash uskunalari (filtirlari) samaradorligi 80 foizga tushib ketganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat bo`yicha atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirganligi uchun 887 mln, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganligi uchun 116 mln, jami 1 mlrd 3 mln so`m kompensasiya to`lovlari hisoblandi.
Bundan tashqari 11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko`rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilindi. Shuningdek, atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish bo`yicha chang gaz tozalash uskunalarini ishlash samaradorligini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmas chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.






