AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida "naushnik" taqqan 34 yoshli ayolni poezd urib ketdi (video)

'Toshkent viloyatida "naushnik" taqqan 34 yoshli ayolni poezd urib ketdi (video)'ning rasmi

"Naushnik" taqqan 34 yoshli ayolni poezd urib ketdi. U voqea joyida vafot etgan. Bu haqida "Milliy" telekanalida xabar berildi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu fojea 30 yanvar kuni Toshkent viloyatidagi Ohangaron temir yo`l hududida sodir bo`lgan. Hodisa yuz bergan payt ayol ishdan uyga qaytayotgan bo`lgan. U piyodalar yo`lagi qolib, qulog`ida quloqchin bilan poezd yo`lida yuradi. Shu sabab ortidan kelayotgan poezd ovozini eshitmaydi va poezd urib ketishi natijasida olgan og`ir tan jarohatlari sabab vafot etadi.

Hozirda holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar