Kuchli shamol natijasida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, soat 07:30 holatiga ko`ra, ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba`zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo`lgan.
Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste`molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste`molchi) quvvat bilan elektr ta`minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste`molchilarning elektr ta`minoti qayta tiklanadi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deiyladi xabarda.






