Namangan viloyatida haydovchilik guvohnomasi oluvchilar uchun ixtisoslashgan yangi innovasion imtihon markazi ishga tushdi.
Davlatobod tumanining «Yuksalish» mahallasi hududida faoliyat boshlagan mazkur markaz kuniga o`rtacha 500 mijozga xizmat qila oladi.
Uning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi va imtihon olish tizimida raqamlashtirish kuchaytirilib, inson omili kamaytirilgani yo`llardagi qoidabuzarliklarga barham berishini ta`kidladi.
Shundan so`ng, "Namangan viloyati imtihon markazi" o`z faoliyatini boshladi. Tadbir ishtirokchilari yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bu erda bo`lajak haydovchilarni imtihondan o`tkazish uchun zarur bo`lgan barcha sharoit: zamonaviy jihozlangan o`quv xonalaridan tortib, avtomatlashtirilgan avtodromgacha mavjud.
Yig`ilganlar keyingi vaqtlarda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo`lganlar imtihon topshirish uchun qo`shni viloyatlarga borishiga to`g`ri kelayotgani, bunday markazning o`zimizda barpo etilgani ayni muddao bo`lganini e`tirof etdilar.