Ijtimoiy tarmoqda Toshkent ikki yo`lovchi avtobus yo`lovchi talashib, o`zaro to`qnashgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun soat 11:00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko`chasi "Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi" bekatida sodir bo`lgan. “Yutong” rusumli 28-sonli yo`nalishdagi avtobus haydovchisi bekatda to`xtab, yo`lovchi tushirayotgan “Yutong” rusumli 44-sonli yo`nalishdagi avtobus bilan yonlama to`qnashgan.
Oqibatda, 28-sonli avtobusning o`rta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani ko`rish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan. Sodir etilgan to`qnashuvda tan jarohati olganlar bo`lmagan.
YTH 28-sonli avtobus haydovchisining yonlama oraliq masofani saqlamaganligi natidasida sodir bo`lgan.
Mazkur YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.






