AsosiyJamiyat

Aleksandr Lukashenko O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelmoqda

'Aleksandr Lukashenko O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelmoqda'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o`tkazilishi, ularda O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan.

O`zaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xo`jaligi, engil va oziq-ovqat sanoati, farmasevtika, kommunikasiyalar va boshqa tarmoqlarda kooperasiya aloqalarini rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo`ladi. Professional ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari ham muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.

Shu kunlarda, tashrif arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari – Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar