AsosiyJamiyat

O`zbekistonning ayrim qonunlariga o`zgartirish kiritildi

'O`zbekistonning ayrim qonunlariga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko`ra, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi hamda “Ekologik nazorat to`g`risida”gi qonunlarga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyatini cheklash yoki to`xtatib turish to`g`risidagi qarorlarni, birinchi navbatda, aholining hayoti va sog`lig`iga xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruriyatini hisobga olgan holda qabul qilish asoslarini aniqlashtiruvchi o`zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar