Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.
Sport majmuasida Belarus etakchisini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kutib oldi.
Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma`noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratdi, o`z ham bir necha bor muz maydoniga tushgan.
O`zbekistonda ham sportning qishki turlari, shu jumladan xokkeyni rivojlantirish bo`yicha katta ishlar qilinmoqda. 2019 yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Humo Arena» ko`p funksiyali muz saroyi barpo qilingan edi. Toshkentning «Humo» jamoasi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, xususan, Belarusning Grodno shahri “Neman” klubi bilan bellashib kelmoqda.
Tanishuv chog`ida Prezidentlar Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni tomosha qildilar. O`yin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 8 fevral kuniga rejalashtirilgan.






