AsosiyJamiyat

10 oy davomida Davlat bojxona qo`mitasiga 1000 yaqin murojaat kelib tushdi

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan murojaatlar bilan bog`liq qonun hujjatlari ijrosi izchil ta`minlanmoqda. Aholi va tadbirkorlardan tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko`rib chiqish maqsadida qo`mitaning customs.uz saytidagi “Savol yo`llash” xizmati negizida “Virtual qabulxona” tashkil qilindi. Bundan tashqari, qo`mita va hududiy bojxona boshqarmalari rahbarlarining shaxsiy qabuli tashkil etilmoqda. 

Qo`mita axborot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, 2016 yilning o`n oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan qo`mitaga mingga yaqin murojaat kelgan. Shuning deyarli yarmi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tushgan. Yuzdan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarning vakili qo`mita rahbarlari tomonidan qabul qilingan. 

Murojaatlar tahliliga nazar tashlaydigan bo`lsak, ularning ko`pchiligini bojxona nazoratini o`tkazish va rasmiylashtiruv, bojxona to`lovlaridan ozod qilish va imtiyozlar, musodara etilgan tovar-moddiy boylik yoki jarimalarni qaytarish, ishdan noqonuniy bo`shatilganligi, o`qishga tiklash, bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog`liq masalalar tashkil etgan. Murojaatlar qonun doirasida ko`rib chiqilib, hal etilgan.

Boshqa yangiliklar