AsosiyJamiyat

Navoiyda "Sharmanda doskasi" joriy qilingani rad etildi

'Navoiyda "Sharmanda doskasi" joriy qilingani rad etildi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatida jinoyat sodir etgan shaxslarning surati ilinadigan devoriy peshlavhalar tayyorlab qo`yilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) ushbu holatni inson huquqlariga zid deb hisoblashini bildirdi. 

Ayni paytda Navoiy viloyati hokimligi tarqalgan xabarlarni rad etmoqda.  

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Jinoyat sodir etgan shaxslarning surati ilinadigan ana shunday devoriy peshlavhalar Navoiydagi mahallalarga tarqatish uchun tayyorlab qo`yilgan"ligi mutlaqo asossiz bo`lib, inson sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi bu kabi ma`lumotlarning chiqarilishiga yo`l qo`yilmaydi!  

Mazkur holatda mahallalarga o`rnatiladigan "E`lonlar taxtasi"ni chiqarishda bosmaxona tomonidan xatolikka yo`l quyilgani uchun bu bannerlar viloyatdagi biror bir mahallaga o`rnatilmagan. Shu bilan birga, tuman-shahar IIB va mahallalarga bu mazmundagi topshiriq yoki ko`rsatma berilmagan", - deyiladi rasmiy xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar