Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va Advokat pora bilan qo`lga olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, o`tkazilgan tadbir natijasida 1990 y.t., Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy Gvardiya Samarqand viloyati Qo`riqlash boshqarmasi Ishtihon tumanlararo qo`riqlash bo`limi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va`da qilib fuqarodan 1.500 AQSh dollarini olgan vaqtida qo`lga olindi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilishini bekor qilish maqsadida o`zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va`da qilib, buning uchun fuqarodan 600 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida qo`lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va Advokat pora bilan qo`lga olindi. DXX "darakchi.uz"ga tafsilotlarni ma`lum qildi