AsosiyJamiyat

Prezident topshirig`iga ko`ra Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Qashqadaryo bo`ldi

'Prezident topshirig`iga ko`ra Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Qashqadaryo bo`ldi'ning rasmi

Respublika ishchi guruhi o`z faoliyatini hududlarda davom ettirmoqda. Galdagi manzil, davlat rahbari topshirig`iga asosan Qashqadaryo viloyati bo`ldi. 

Ishchi guruhiga Prezident maslahatchisining o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiev boshchiligida Xalq qabulxonasi xodimlari, vazirlik va idoralar mas`ullari jalb etildi.

Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga  echim topish, ular asosida ommaviy qabullarni tashkil etish, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon - obod ko`cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish kabi masalalar guruh faoliyatining e`tibor markazida bo`ldi.

O`tgan bir oy davomida Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektorlari bilan 68 ta sayyor qabul tashkil etildi. Qabullarda 875 nafar fuqaro tomonidan 905 ta masala ko`tarildi. Murojaatlarning 425 tasi joyida hal etildi, 333 tasi bo`yicha tushuntirish berilib, qolgan 147 ta masala ijrosi nazoratga olindi. 

Kelib tushgan murojaatlar “mahallabay” tarzida tahlili etilib, ularning echimi bo`yicha kerakli choralar ko`rildi. 

Misol uchun, Ko`kdala tumani “Umakay” mahallasida yashovchi O.Ashurovning mazkur hududdagi 34-sonli umumta`lim maktabiga ishga joylashish yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal qilindi. Qabullar natijasi bo`yicha jami 105nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

Kasbi tumani “Yuksalish” mahallasida yashovchi L.Raxmatovaning ta`lim krediti olishni so`rab qilgan murojaati hal etilib, fuqaroga “Mikrokerdit” bank tomonidan kredit ajratilishi ta`minlandi. Jami 100 nafardan ziyod fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilishi ta`minlandi.

Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlar asosida ichki yo`llarning 2 km qismiga shag`al yotqazildi, 1,5 km piyodalar yo`lagi barpo etildi, 1 ta transformator o`rnatildi va 1 tasi joriy tamirlandi, 20 ta yangi temir-beton ustunlar o`rnatildi, 3 km ichimlik suv tarmog`i tortildi. 

Qabullar doirasida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Kasbi tumani “Obod Nekuz”, Qarshi tumani “Quyi beshkent”, G`uzor tumani “Jonbuloq”, Koson tumani “Chiroqchi” mahallalari aholisi uchun tibbiy ko`riklar tashkil etildi. Unda 1 160 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, 355 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 27 nafar bemorlarga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun, 2 nafar bemorga yuqori texnologiyali operasiyaga yo`llanma berildi. 

Respublika ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida “Obod xonadon-obod ko`cha-obod mahalla” mezonlari asosida qurilish ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.Jumladan, Koson tumanidagi “Chiroqchi”, G`uzor tumanidagi “Jonbuloq”, Qarshi tumanidagi “Quyi Bishkent” hamda Kasbi tumanidagi “Obod Neko`z” mahallalari tanlab olingan mahalladagi 3 230 ta xonadon to`liq xatlovdan o`tkazildi. Jami 749 ta xonadonda “Obod xonadon” mezonini joriy etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 40 ta xonadon uylari joriy ta`mirlandi, 42 ta xonadon tashqi devorlari ta`mirlandi va oqlandi, 19 ta xonadonning tom qismi ta`mirlandi, 43 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari etkazildi, 66 ta xonadon ichimlik suvi tarmog`iga ulandi, 119 ta xonadonda tomorqadan samarali foydalanish choralari ko`rildi. 

“Obod ko`cha” bo`yicha 71 ta ko`chada ishlar tashkil etilgan. Xususan, 7,6 km elektr tarmog`i tortildi hamda 40 ta temir-beton ustunlar o`rnatildi. 12,4 km ichki yo`llarda shag`allashtirildi. 9 ta ichimlik suvi nasoslari yangisiga almashtirildi, tizimdagi nosozliklar bartaraf etildi. Jami 5 ta ko`p qavatli uylarning kirish yo`laklari, tom qismida ta`mirlash ishlari olib borildi. 

Ishlar davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar