AsosiyDunyo

Qozog`iston niqob rejimini qaytardi

'Qozog`iston niqob rejimini qaytardi'ning rasmi

8 fevral kuni Qozog`iston bosh davlat sanitariya shifokori yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo`yicha profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko`ra, tibbiyot muassasalarida xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun majburiy niqob kiyishga qaytadi, shuningdek, antiseptiklarning mavjudligi ham majburiydir.

Mahalliy hokimiyat organlari aholi o`rtasida koronavirus infeksiyasi, gripp va ORVI ning oldini olish choralari bo`yicha tushuntirish ishlarini boshlaydi.

Aholi gavjum joylarda, jumladan aeroportlar, vokzallar, bozorlar, savdo markazlari, do`konlar, kinoteatrlar, banklar, shuningdek, barcha turdagi jamoat transportida tibbiy yoki mato niqoblaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o`tamiz, 7 fevraldan Qozog`iston parlamenti Majilisida ham koronavirus bilan kasallanish holatlari ko`paygani sababli niqob taqish tartibi joriy qilingan edi.

Avvalroq, O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusning yangi kutilmagan alomatlarini e`lon qilgan edi. Mutasion shtammlar inson immun tizimidan qochishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar