Rossiyaning Irkutsk viloyati Oktyabr tuman sudi O`zbekiston fuqarosiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasini qo`lladi. Ayol keyinchalik O`zbekistonga ekstradisiya qilinishi uchun 40 sutka hibsga olingan. Bu haqda Irkutskning Oktyabrskiy tuman sudi xabar bermoqda.
66 yoshli ayol giyohvand moddalar savdosi bilan bog`liq o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etgani uchun 2008 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo`lgani aytilmoqda.
Ayol shu kunga qadar Rossiya hududida yashirinib kelgan.
«U ilgari ham xuddi shunday jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan», – deb xabar berilmokda