AsosiyJamiyat

Andijonda bemorlarga psixotrop dori berilayotgani aniqlandi

'Andijonda bemorlarga psixotrop  dori berilayotgani aniqlandi'ning rasmi

 Andijon viloyatidagi dorixonada, resept asosida beriladigan “Siklodol” dori vositasini bemorlarga ma`lum miqdorda berilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Ma`lum qilinishicha, “Siklodol” (Xalqaro patentlanmagan nomi: “Trigeksifenidil”) dori vositasi parkinsonizm kasalligi bilan kasallangan bemorlarga buyuriladi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi “O`zbekiston dori ta`minoti” MChJ kompaniya tizimidagi jamiyatlarni resept asosida beriladigan dori vositalari bilan ta`minlaydi. 

“O`zbekiston Dori ta`minoti” MChJ omborxonasida “Siklodol Grindeks 2 mg tab №50” (Latviya “Grindeks” AJ) dori vositasi mavjud bo`lib, “Andijon Dori-Darmon” AJ tomonidan hozirda mazkur dori vositalarini bemorlarga etkazish choralari ko`rilyapti.

Shuningdek, ayni kunlarda “Siklodol Grindeks 2 mg tab №50” dori vositasining yangi partiyasi kompaniya bojxona omboriga keltirilgan hamda belgilangan tartibda sertifikasiyadan o`tkazish ishlari amalga oshirilyapti.

Parkinsonizm kasalligini davolashda qo`llanadigan bu dori vositasi O`zbekistonga asosan import asosida olib kelinadi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi Neogalenpharm MChJ tomonidan “Trigeksifenidil 5mg №50” savdo nomi bilan ishlab chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar