AsosiyJamiyat

Yangiyo`ldа mashina shinalarini echib ketayotgan guruh ushlandi

'Yangiyo`ldа mashina shinalarini echib ketayotgan guruh ushlandi'ning rasmi

Yangiyo`lda tungi vaqtda avtomashina shinalarini yashirin ravishda echib, mashinalarni g`ishtlarga o`tqazib, shinalarni pullayotgan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Yangiyo`l shahrida yashovchi 2001 yilda tug`ilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997 yilda tug`ilgan N.N.lar bilan birgalikda o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Yangiyo`l shahri, Yangiyo`l va Quyi Chirchiq tumanlarida o`nga yaqin “Cobalt” avtomashinalarining shinalarni tunda kelib yashirin ravishda echib olib, sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatishgan.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida qayd etilgan shaxslar prosessual tartibda qo`lga olinib, ushlangan shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar