AsosiyDunyo

Isroil yana G`azoga zarbalar berdi: 100 dan ortiq odam halok bo`ldi

'Isroil yana G`azoga zarbalar berdi: 100 dan ortiq odam halok bo`ldi'ning rasmi

Isroil harbiy-havo kuchlarining G`azo sektori janubidagi Rafah shahriga bergan zarbalari natijasida anklavning kamida 100 nafar aholisi halok bo`ldi, 230 dan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Al Mayadeen telekanaliga tayanib "Interfaks"

Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, Isroil Rafahga 50 dan ortiq havo hujumi uyushtirgan.

Ba`zi ommaviy axborot vositalari Xamasga tayanib, zarbalar Rafahning turli qismlarida 14 ta uy va uchta masjidga berilganini aniqlagan.

Falastin ommaviy axborot vositalari, o`z navbatida, isroillik harbiylar Rafahdagi Ibna lageridagi al-Huda masjidi, shuningdek, ko`p sonli ko`chirilgan g`azoliklar boshpana topgan al-Rahma masjidiga zarba berganini ma`lum qildi.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari dushanba kuni ertalab Rafah markazida joylashgan ash-Shabura hududiga bir nechta zarbalar berganini ma`lum qilgandi.

"Isroil mudofaa kuchlari G`azo sektori janubidagi Al-Shabur hududidagi terrorchilar nishonlariga bir qator zarbalar berdi. Zarbalar yakunlandi", - deyiladi Isroil harbiylari ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida.

Shuningdek, harbiylar, Isroil Xavfsizlik agentligi va Isroil polisiyasining Rafahdagi qo`shma operasiyasi chog`ida bir kechada ikki garovga olingan - Fernando Simon Marman (60 yosh) va Lui Xar (70 yosh) qutqarib olingani haqida xabar berildi. 

Eslatib o`tamiz, 2023 yil 7 oktyabrda Xamas Isroilga hujum qildi. 1,2 mingdan ortiq odam hujum qurboni bo`ldi, yana 240 kishi garovga olingan. Bunga javoban Isroil XAMASga qarshi harbiy operasiya boshladi.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar