AsosiyJamiyat

-5 daraja sovuqdan 22 daraja issiqqacha... "O`zgidromet" hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishini ma`lum qildi

'-5 daraja sovuqdan 22 daraja issiqqacha... "O`zgidromet" hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishini ma`lum qildi'ning rasmi

"O`zgidromet" joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 12-15 fevral kunlari O`zbekistonning barcha hududlarida fevral oyi o`rtasi uchun quruq va juda iliq bo`lgan ob-havo saqlanib turadi.

Harorat 12-13 fevral kunlari kechalari 3-8o iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq bo`ladi. 14-15 fevralda bundan ham iliq – kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24 daraja iliq bo`ladi. Bunday harorat foni fevral oyi o`rtasi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 10-12 daraja ga yuqoridir.

Bunday quruq ob-havo O`zbekiston hududining katta qismida 16 fevral kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 15-20darajagacha biroz pasayadi. 

Faqat O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga 16 fevralda kelib chiqishi arktik bo`lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo`ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog`li hududlarida 12 fevral kuni qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtda: 12-16 fevral kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-13 fevralda kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq, 14-15 fevralda kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar