AsosiyDunyo

G`azoda qurbonlar soni 28 ming nafardan oshdi

'G`azoda qurbonlar soni 28 ming nafardan oshdi'ning rasmi

Falastin-Isroil mojarosi boshlanganidan beri G`azo sektorida kamida 28 ming 340 kishi halok bo`ldi va yana 67 984 kishi jarohatlandi. Bu haqda anklav Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga tayanib, TASS xabar berdi.

Vazirlik bayonotiga ko`ra, so`nggi 24 soat ichida sektorda 164 kishi harbiy amaliyotlar qurboni bo`lgan, yana 200 ga yaqin kishi yaralangan.

Ma`lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrda Isroil G`azoni to`liq blokadaga olganini e`lon qilib, Livan va Suriyaning ayrim hududlariga zarbalar berishni boshlagan. Shundan so`ng, to`qnashuvlar quruqlik va G`arbiy Sohilda ham davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar