AsosiyJamiyat

DXX: "Toshshahartransxizmat" rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'DXX: "Toshshahartransxizmat" rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar o`zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg`i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo`li bilan davlat manfaatlariga juda ko`p miqdorda iqtisodiy zarar etkazishgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar