AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dizel yoqilg`isi narxi 15 foizga arzonlashadi (video)

'O`zbekistonda dizel yoqilg`isi narxi 15 foizga arzonlashadi (video)'ning rasmi

"O`zbekneftgaz" rahbari dizel yoqilg`isi narxini 15 foizga tushirishga va`da bermoqda. Bu haqda "O`zbekneftgaz" matbuot kotibi Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Kecha  qishloq xo`jaligi bo`yicha 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan Prezident raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida fermerlarga yoqilg`ini o`z vaqtida etkazib berishda nazoratni kuchaytirish zarurligi ham ta`kidlangan edi.  

Davlat Rahbarining topshiriqlardan kelib chiqib, "O`zbekneftgaz" rahbari Bahodirjon Sidiqov fermerlarga bir hafta ichida "O`zbekneftgaz" tomonidan birja savdolariga qo`yilayotgan dizel narxini 15 foizga tushirish choralari ko`rilishini ma`lum qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar