AsosiyJamiyat

Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi

'Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024 y) bilan “Davlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Unga ko`ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma`lumotli talabgorlar stajyor-o`qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo`lishi talab etiladi.

Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o`z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko`rsatayotgan davlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotining rahbari mas`ul hisoblanadi.

Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so`rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YaIDXP (my.gov.uz)da to`ldirgan holda ro`yxatdan o`tadi.

Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo`yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to`lov undirilmaydi.

Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o`tkaziladi.

Nazorat sinovi natijasi bo`yicha 56 va undan yuqori ball to`plagan talabgor nazorat sinovidan o`tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, etarli ball to`play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

    Boshqa yangiliklar