AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sotilayotgan xavfli doridan ogoh bo`ling

'O`zbekistonda sotilayotgan xavfli doridan ogoh bo`ling'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi sotuvda "VIPS-MED" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan, og`iz orqali yuborish uchun suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi "Bar-VIPS" preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlanganligi haqida xabar beradi

Ayni paytda ushbu holat bo`yicha, markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda.

 Ma`lumot uchun, "Bar-VIPS” dori preparatining quyidagi  seriyalariga 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 mamlakatimizda tibbiyot amaliyotida qo`llashga ruxsat etilgan bo`lib, ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.

Sertifikatlashtirilgan farmasevtika mahsulotlari haqida quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O`zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug`ullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qat`iy nazar) barcha tashkilotlarni ogohlikka chaqirib, “Bar-VIPS” preparatining sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo`lmagan, shu jumladan 520723 seriyasi, (yaroqlilik muddati 08.2025) aniqlanganda uni zudlik bilan sotuvdan chiqarib tashlashini so`raydi.

Shu o`rinda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to`g`risida yagona nizom”ga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizasiya qilish lisenziya talablari va shartlarini qo`pol ravishda buzilishi hisoblanib, lisenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to`xtatilishiga olib kelishini eslatib o`tamiz.
 

    Boshqa yangiliklar