AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “ijtimoiy karta” joriy etiladi

'O`zbekistonda  “ijtimoiy karta” joriy etiladi'ning rasmi

1 oktyabrdan aholiga ko`rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev ijtimoiy himoya sohasidagi muhim vazifalar yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qildi

Bunda, eng avvalo, “Saxovat va ko`mak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamg`armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o`tkaziladi.

Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo`ladi.

Shuningdek, yig`ilishda nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O`zbekiston 2021 yilda Nogironligi bo`lgan shaxslar huquqlari to`g`risidagi konvensiyaga qo`shilgani tarixiy voqea bo`ldi va undagi majburiyatlarni bajarish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan etarlicha shug`ullanmayotgani ko`rsatib o`tildi. Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarida nogironligi bo`lgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi.

    Boshqa yangiliklar