AsosiyDunyo
2223

Mercedes-Benz dunyo bo`ylab 250 mingga yaqin avtomobilni qaytarib oladi

'Mercedes-Benz dunyo bo`ylab 250 mingga yaqin avtomobilni qaytarib oladi'ning rasmi

Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil ishlab chiqaruvchisi potensial yong`in xavfi tufayli dunyo bo`ylab 250 mingga yaqin avtomobillarini qaytarib oladi.

Germaniya Federal avtotransport boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, Germaniyaning o`zida 37 mingdan ortiq avtomobil qaytarib olinishi kerak.

Gap 2023 yilda chiqarilgan AMG GT, C-Class, CLE, E-Class, EQE, EQS, GLC, S-Class va SL modellari haqida bormoqda.

Germaniyaning DPA agentligi xabar berishicha, ehtiyot chorasi sifatida Mercedes-Benz  yong`in xavfi ostida bo`lgan avtomobillarning ayrim ehtiyot qismlarini bepul almashtiradi. Uskunaga qarab almashtirish 2 dan 5,5 soatgacha davom etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar