“O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:
2024 yilga mo`ljallangan yo`nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;
2024 yilda yo`nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro`yxati.
Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5ta yo`nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:
Har bir insonga o`z salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
Barqaror iqtisodiy o`sish orqali aholi farovonligini ta`minlash;
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Qonun ustuvorligini ta`minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.






