AsosiyJamiyat

"Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi

'"Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevralda “O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko`ra, 2024 yil 1 martdan boshlab “Yoshlar daftari” jamg`armasi mablag`larini yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o`qitish maqsadlariga yo`naltirish amaliyoti yo`lga qo`yiladi. 

Yoshlarni zamonaviy kasblarga o`qitish bo`yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinishi ta`minlanadi.

Shuningdek, yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o`rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi. Bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o`quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.  

    Boshqa yangiliklar