Vengriya Rossiya bilan umumiy chegaraga ega bo`lishni istamaydi, chunki u Sovet Ittifoqi bilan chegaradosh bo`lgan vaqtlari haqida yomon xotiralarni saqlab qolgan.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Pragada Vishegrad guruhi mamlakatlari – Polsha, Slovakiya va Chexiya vazirlari uchrashuvi yakunlari bo`yicha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida yuqoridagi fikrlarni keltirib o`tdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
"Vengriya milliy xavfsizligining eng muhim tamoyillaridan biri shundaki, bizning sharqimizda Rossiya va Vengriya o`rtasida joylashgan sub`ekt bo`lishi kerak. Shunda, biz Vengriyaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Ukrainaga yordam beramiz", — deya Orban so`zlaridan iqtibos keltiradi MTI axborot agentligi.






