AsosiyJamiyat

Buxoroda sodir bo`lgan portlashda bir kishi halok bo`ldi

'Buxoroda sodir bo`lgan portlashda bir kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 1 mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish ko`chasida joylashagan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do`konining erto`lasida gaz-havo aralashmasidan portlash sodir bo`lganligi tahmin qilinmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, portlash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.

Portlash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong`in sodir bo`lmagan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo`lgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong`in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta`minot” va SSB xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar