AsosiyJamiyat

Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi

'Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig`ilish o`tkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to`lovidan ozod qilinadi, qo`shilgan qiymat solig`ini 180 kunga kechiktirib to`lashga ruxsat beriladi.

Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va er uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati yaratiladi.

Sotilgan ko`chmas mulk uchun to`lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar er va binoni xususiylashtirishi mumkin bo`ladi.

Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo etkazib berish uchun yo`l xarajatlarini 50 foizi Eksport jamg`armasidan qoplab beriladi.


 

 

    Boshqa yangiliklar