AsosiyJamiyat

Prezident yangi qonunni imzoladi

'Prezident yangi qonunni imzoladi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ-916-son, 29.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. 

Unga ko`ra, ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchaga ko`ra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo`q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun ma`muriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunida davlat 

o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo`q qilgan shaxslarning qonunga xilof ravishda kesilgan daraxt va buta o`rniga kompensasiyaviy daraxt va buta ko`chatlarini aynan daraxt va buta kesilgan joyga ekish hamda ularni 3 yil davomida parvarish qilish majburiyati belgilandi.

Shuningdek, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesganlik yoki yo`q qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo`llanilishi belgilandi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar