AsosiyJamiyat

Andijonda 20 yoshli yigit "prava"siz yo`lning qarama-qarshi tomonida mashina boshqardi (video)

'Andijonda 20 yoshli yigit "prava"siz yo`lning qarama-qarshi tomonida mashina boshqardi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Tracker haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o`rganilganda ushbu avtomobil 1985 yilda tug`ilgan A.A.ga tegishli ekanligi, videoda aks etgan qoidabuzarlikni esa uning haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan jiyani, 2004 yilda tug`ilgan A.O. tomonidan sodir etilganligi ma`lum bo`lgan.

"Amakimga tegishli bo`lgan Tracker'ni boshqarib, qoidalarni qo`pol buzdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Barchadan uzr so`rayman. Bu holat boshqa qaytarilmaydi", - deydi qoidabuzar yigit.

Holat bo`yicha MJtKning 128-5-moddasi ikkinchi qismi va 135-moddasi ikkinchi qismi tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar