AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yashirin sex aniqlandi

'Qashqadaryoda yashirin sex aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.U. o`ziga tegishli bo`lgan noturar ob`ektda tashkil etgan yashirin sexda iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 100 litr qo`lbola yog`, 2 360 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar