FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston hududida bugun mahalliy vaqt bilan 11:29 da zilzila sodir bo`ldi. Episentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,78 gradus shimoliy kenglik; 64,94 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila episentri Toshkentdan 457 km janubiy-g`arbda.
O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 73 km.ni tashkil etdi.






