AsosiyJamiyat

O`zbekistonda haroratning jadal ko`tarilishi boshlanadi

'O`zbekistonda haroratning jadal ko`tarilishi boshlanadi'ning rasmi

“O`zgidromet” joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, kunduz kunlari haroratning jadal ko`tarilishi boshlanadi, haroratning ko`tarilishi ish haftasining oxirigacha davom etadi.

4-7 mart kunlari O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda.

8 martda respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.

Bugun kunduzi havo harorati 4-9 daraja iliq bo`ladi, so`ng hafta oxirigacha harorat 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin ko`tariladi. Harorat kechasi 2-5 daraja sovuqdan 2-5 daraja iliqqacha ko`tariladi. 

Shamol asosan sharqiy yo`nalishda birozdan o`rtachagacha bo`lgan tezlikda esadi, 8 martda ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.

5-6 mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

6-7 mart kunlari ayrim tog`li hududlarda, 8 martda tog`li hududlarning katta qismida yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtda: 4-7 mart kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi, 8 martda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Harorat kechalari 0-2 daraja sovuqdan 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 5-7 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqqacha ko`tariladi.

6-7 martda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esdi.

    Boshqa yangiliklar