“Sug`urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-108-son, 01.03.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 sentyabrdan:
- sug`urtaning barcha turlari bo`yicha sug`urta (qayta sug`urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro`yxatdan o`tkazish va sug`urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
- barcha sug`urta turlari bo`yicha sug`urta polislarini faqat qog`oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
- sug`urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo`ladi hamda sug`urtalovchi tomonidan lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo`pol ravishda buzish hisoblanadi;
- Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug`urtalovchilar tomonidan ko`rsatiladigan sug`urta xizmatlari sifati bo`yicha sug`urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e`lon qiladi.
Quyidagilarga shartnomalarning o`z vaqtida rasmiylashtirilishini ta`minlash majburiyati yuklatiladi:
➖Coliq qo`mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomalarini;
➖Tog`-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish ob`ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog`lig`i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomalarini;
➖Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligiga ob`ektlarni davlat mablag`lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug`urta qilish shartnomalarini.






