Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Furqat” MFY hududida faoliyat yurituvchi “N.P.” oilaviy korxonasi rahbari I.E. umumiy ovqatlanish shoxobchasini va novvoyxonasida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`idan gaz hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida quvur tortib jami 897,5 mln so`mlik tabiiy gazni o`g`irlaganligi aniqlangan.
Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “G.N.” va “M.g.” MChJ mas`ul shaxslari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sexi hamda umumiy ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulab, jami 164,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Paxtachi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.E. 7 sotix er maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga tijorat maqsadida ulab, jami 150,4 mln so`mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari Sh.P. “Bunyodkor” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexini hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 106,4 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
04.03.2024 13:12
Samarqand va Andijonda gaz va "svet" o`g`rilari qo`lga tushdi






