Oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, o`troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida xalqaro Qizil ro`yxat va O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
So`nggi yillarda Ohangaron suv omborida 30 tagacha, Objazsoyda (Qurama tog`i) 46 ta, Dehqonobodda – 70 ta, Tangi qishlog`ida (Ko`hitang) – 27 ta dan iborat galasi uchragan.
Surxon davlat qo`riqxonasida mazkur turning umumiy soni 2015 yilda 55-60 tani tashkil etgan. Markaziy Osiyo populyasiyasining soni barqaror. Dunyodagi populyasiyasi 500 mingdan 1 milliontagacha ekani taxmin qilinadi.






