AsosiyJamiyat

2022-2023 o`quv yilida 1 millionga yaqin bitiruvchiga elektron shahodatnoma berildi

'2022-2023 o`quv yilida 1 millionga yaqin bitiruvchiga elektron shahodatnoma berildi'ning rasmi

So`nggi yillarda maktab ta`limiga bo`lgan e`tibor ortib tizimda bir qator ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda. 

Misol tariqasida yaqin yillargacha maktabga o`quvchilarni qabul qilish va ularni bir maktabdan boshqasiga o`tkazish eng ko`p korrupsiyaviy holatlar qatoriga kirib ota-onalarning haqli e`tirozlariga sabab bo`layotgan edi. 

Shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida bolalarni 1-sinfga qabul qilish va o`quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o`tkazish bo`yicha davlat xizmatlari (my.gov.uz va my.maktab.uz portali) joriy etildi.

 Hozirda 1-sinfga qabul va maktabdan-maktabga o`tkazish uchun ota-onalar onlayn shaklda ariza beradi, elektron tizim avtomatik ravishda uni maktabga yuboradi, o`quvchi maktabga qabul qilinadi.

 Ma`lumot uchun: mazkur tizim bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Hozirda 43 ta tuman va shaharlarda 1200 dan ortiq maktablarga joriy etilgan. Shu kunga qadar ushbu xizmatdan 243 115 nafar fuqaro foydalandi.

 Shu bilan birgalikda, bitiruvchilarga qog`oz shaklidagi shahodatnoma berishda ham turli ko`rinishda ta`magirlik holatlariga yo`l qo`yilgan.

 O`tgan yildan boshlab bitiruvchilarga elektron shahodatnoma berish tizimi joriy qilindi va ushbu hujjatni qog`oz shaklida olib yurishga yoki uni chop etib hujjat topshirishga zaruriyat qolmadi.

Ma`lumot uchun: bitiruvchi oliy ta`limga hujjat topshirmoqchi bo`lsa, elektron platforma Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) axborot tizimi bilan integrasiya qilingani bois, barcha ma`lumot avtomatik tarzda ushbu tizimga yuboriladi.

 Eng muhimi, elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo`qotib qo`yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo`lmasdan shu zahotiyoq elektron bazadan qayta bepul yuklab olish mumkin bo`ldi.

 2022-2023 o`quv yilida 974 mingdan ortiq bitiruvchilarga elektron shahodatnoma berildi.

 Shular qatorida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizdagi 10 095 ta umumta`lim maktabi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktablariga keng polosali Internet tarmog`i tortilib, shundan 10 037 tasida Internetdan foydalanish uchun qurilmalar o`rnatildi.

 10 104 ta umumta`lim maktabining kompyuter sinfxonalariga lokal tarmoq hamda o`qituvchilar xonasiga Wi-Fi qurilmalari o`rnatildi.

 Bundan tashqari xalq ta`limi tizimini avtomatlashtirish, ma`lumotlar almashinuvini elektron shaklga o`tkazish hamda tizimda shaffoflikni ta`minlash maqsadida 20 dan ortiq axborot tizimlari ishga tushirildi.

    Boshqa yangiliklar