Mamlakatimizda 2023 yil yakuniga ko`ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.
Bu haqda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
2023 yilning dekabr oyida Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so`rov o`tkazildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o`tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o`zini-o`zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo`jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln. 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.






