Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho``basi inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandi moddiy ta`minotidan bo`yin tovlab yurgan qarzdor yashash xonadonining “erto`lasi” dan topishdi.
Gap shundaki, Chortoq tumanida yashovchi fuqaro M.M turmush o`rtog`i bilan ajrashib ketadi. Sudning hal qiluv qaroriga ko`ra, undiruvchi V.N foydasiga 1 nafar farzandi uchun har oyda aliment to`lash belgilanadi. Mazkur hujjat Byuroning Chortoq tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor ota alimentni to`lamaslikni o`ziga kasb qilib, voyaga etmagan farzandlari uchun mablag`ni qizg`andi. Qarzdorlik 20 mln so`mdan ortib ketdi. Ustiga ustak ishlash maqsadida Toshkent shahriga borib, “berkinib” yurdi.
Oxir-oqibat unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e`lon qilindi. Boshqarma inspektorlari huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda topish chorasini olib borishdi. Bu natija berib, Toshkent shahridan yashash xonadoniga kelgani ma`lum bo`ldi. Lekin, ammo, biroq.... xodimlar olingan tezkor ma`lumotlarga ko`ra yashash xonadonga borishganda, oila a`zolari uni kelmaganini bildirishdi. Noiloj, xonadon yashash joylari puxta ko`zdan kechirilganda, “erto`la” ga yashirinib olgani aniqlandi. Belgilangan tartib bo`yicha qidiruvdagi shaxs davlat ijrochiga topshirildi. Kuni kecha jinoyat ishlari bo`yicha Chortoq tuman sudi tomonidan qarzdor ota tegishli jazoni oldi. Unga nisbatan,
15 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
MIB axborot xizmati rahbari F. Toshpulatovning ta`kidlashicha, aliment to`lovidan qarzdor bo`lgan qidiruvdagi 4 mingdan ortiq fuqarolar haqidagi ma`lumotlar MIB (www.mib.uz) rasmiy saytida joylashtirilgan.






