Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`i bilan Tangriberdiev Ko`palbay Raimberdievich Xorazm viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. bu haqida vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
K. Tangriberdiev 2000 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali “Gospital terapiya” kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.
Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari va boshlig`i kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar K. Tangriberdiev Xorazm viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.






