O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida"gi qarorni imzoladi.
Quyida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro`yxati taqdim etilmoqda:
Xudaybergenova Gulshinar Jangabaevna - Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san`at maktabining baxshichilik sinfi o`qituvchisi
Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo`nalishi 4-bosqich talabasi
Suleymanova O`g`ilxon Abdurazok qizi - O`zbek milliy maqom san`ati markazining Andijon viloyati bo`limi artist-maqomchisi
Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xo`jaobod tumani «Gara guri» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi
Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo`yicha tayanch doktoranti
To`xtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o`qituvchisi
Chilmurzaeva Maftuna Abdumannon qizi - O`zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo`yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)
Xojiboqieva Niginaxon O`tkir qizi - O`zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo`nalishi 3-bosqich talabasi
Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Mirzayorova Sevara Ubaydullaevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo`yicha tayanch doktoranti
Eshpo`latova Mohira O`tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi (Navoiy viloyati)
Omonboeva Meruert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Qosimqaji-Meruert» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori
Xakimova Dilshoda Oybek qizi - O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Savadyan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi, badiiy gimnastika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani «Qo`shchinor» gazetasi muxbiri
Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo`llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo`yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)
Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining o`zbek adabiyoti ixtisosligi bo`yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro`zi Choriev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san`at maktab-internatining 11-sinf o`quvchisi
Tursunboeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)
Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo`yicha 2-bosqich magistranti
Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Farg`ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo`yicha sportchisi
Yo`ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Farg`ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi
Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o`quvchisi
Sapaeva Risolat Rustam qizi - O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi
Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutining vokal va cholg`u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o`qituvchisi
Trashkova Elizaveta Dmitrievna - O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san`ati fakulteti 1-bosqich talabasi






