O`zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq 28-fevraldan ov qilish muddati yakunlandi. Taqiq 15 avgustgacha davom etadi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ov mavsumi davrida noqonuniy ov bilan bog`liq bo`lgan 1000 dan ortiq holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan esa qariyb 3 milliard so`mga yaqin jarima va zararlar qo`llanildi. Shuningdek, ulardan 837 ta hayvon va parranda, 2836 kg baliq, 160 dan ortiq noqonuniy ov qurollari olib qo`yilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi fuqarolardan cheklov vaqtida tabiatni muhofaza qilish qonunchilik talabalariga rioya etishni, shu bilan birga, qush ovi bo`yicha berilgan ruxsatnomalarni ov muddati yakunlanganidan so`ng 10 kun muddatda O`zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va uning bo`linmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlarini so`raydi.
“Noqonuniy ov bilan bog`liq qonun buzilishi holatlariga duch kelsangiz, Ekologiya vazirligining 11-57, 12-07 ishonch raqamlariga yoki vazirlikning hududiy boshqarmalarga murojaat qiling.
Noqonuniy ov uchun qa`tiy javobgarlik belgilangan bo`lib, bu borada yuzaga keladigan har bir holat bo`yicha o`rnatilgan tartibda qonun ustuvorligi ta`minlanadi”, - deyiladi xabarda.






