AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda mast erkak maktabga bolta ko`tarib keldi

'Qoraqalpog`istonda mast erkak maktabga bolta ko`tarib keldi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxtako`pir tumanidagi maktabga qo`lida bolta bilan kelgan fuqaro Milliy gvardiya qorovuli tomonidan to`xtatib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 4 mart kuni soat 15:40 larda tumanning “Dao`ir” mahallasida  joylashgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat o`tayotgan Milliy gvardiya qorovul xodimi maktabga mast holda qo`lida bolta bilan kelgan erkakni to`xtatib qolgan.

Ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat o`tayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi to`g`risidagi ogohlantirishiga va talablariga bo`ysunmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal ko`tarib turgan paytda“tashvish” xabari asosida chaqirilgan va etib kelgan tuman qo`riqlash xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Olib borilgan dastlabki o`rganishlar davomida ushbu fuqaro, Taxtako`pir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekani, mazkur maktabda boshlang`ich sinf o`qituvchisi bo`lib ishlaydigan turmush o`rtog`i R.B.ni ko`rishga kelgani va gaplashib ketmoqchi ekanligini, qo`lidagi boltani esa o`tin chopish oldidan o`tkirlatishga olib chiqqanini ma`lum qilgan.

Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bo`limiga olib borilib, spirtli ichimlik iste`mol qilgani bo`yicha ma`lumoti olingandan so`ng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati bo`lgan shaxslarga tibbiy yordam ko`rsatish punktiga yotqizilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Taxtako`pir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar